Nov 9, 2024
vue
Assalamu alaykum! Vue 3 da mavjud bo’lgan barcha direktivalarni to’liqroq ko’rib chiqamiz.
1. v-bind - Atributlarni Bog’lash
- Atributlarni dinamik qiymatlar bilan bog’lash imkonini beradi.
- Ko’pincha
:attributesifatida qisqartiriladi.
2. v-model - Ikki Tomonlama Data Bog’lash
- Ma’lumotlarni komponent bilan asinxron sinxronlash imkonini beradi.
v-modelform elementlari bilan ishlashda juda qulay.
3. v-if, v-else-if, v-else - Shartli Renderlash
v-if- Shartga ko’ra DOMga qo’shadi yoki o’chiradi.v-else-if- Alternativ shartlarni tekshiradi.v-else- Barcha boshqa holatlar uchun ko’rsatiladi.
Xush kelibsiz!
4. v-show - Ko’rsatish/Yashirish
- DOMdan o’chirmay,
display: noneorqali yashiradi.
Siz tizimdasiz
5. v-for - Looping
- Ro’yxat yoki obyekt elementlarini iteratsiya qilish uchun ishlatiladi.
{{ item.name }}
6. v-on - Hodisalarni Tutish
- Hodisalarni tutish uchun ishlatiladi (masalan,
7. v-bind:class va v-bind:style - Dinamik Class va Style
v-bind:class- Dinamik class qiymatlari qo’shish.
Matn
v-bind:style- Dinamik style qo’shish.
Matn
8. v-slot - Slotlar bilan Ishlash
- Dinamik kontent qo’shish uchun slotlardan foydalanadi.
<template v-slot:header>
Bosh sahifa
</template>
9. v-pre - Vue Kodlarini E’tibordan Chiqish (renderni) oldini olish
- Elementni Vue tomonidan qayta ishlashdan chiqarib qo’yadi.
10. v-cloak - Vue Yuklanishi Davomida Yashirish
- Vue yuklanmaguncha elementni yashirishda ishlatiladi.
11. v-once - Bir Martalik Renderlash
- Elementni bir martalik render qilish uchun ishlatiladi.
12. v-memo - Keshlash
- Vue 3.2 da kiritilgan yangi direktiva bo’lib, ishlatiladigan qiymatlar o’zgarmasa, qayta renderlashdan saqlaydi.
Bu memo qilingan blok
13. Custom Direktivalar - Maxsus Direktivalar Yaratish
Vue orqali o’zingizga xos yangi direktivalar yaratishingiz mumkin. Bu direktivalar orqali elementlarga maxsus xatti-harakatlar o’rnatishingiz mumkin.
app.directive('focus', { mounted(el) { el.focus(); } }); -
Foydalanish:
Yuqoridagi barcha direktivalarni o’rganib chiqsangiz, Vue 3 dagi barcha asosiy va qo’shimcha direktivalarni to’liq qamrab olgan bo’lasiz. Bu sizga Vue 3 da kuchli va interaktiv ilovalar yaratishga imkon beradi.
Custom deriktiva haqida esa kyingi postlarda batafsil gaplashamiz.
vue
javascript
direktiva
Ulashish: