Mukhriddin.dev banner

Mukhriddin.dev

000. JavaScriptga ga kirish!

beta
Mukhriddin.devcover

Aug 20, 2024

javascript

Assalamu alaykum JavaScript darslarimizga xush kelibsiz! Bugundan sizlar bilan JavaScriptni mukammal o’rganishni boshlaymiz!

khodieff.uz

Mavzular: (JS ga kirish, Variables, Data Types)

JS nima?

JavaScript (JS) – bu veb-sahifalarni interaktiv qilish uchun ishlatiladigan dasturlash tili. HTML va CSS bilan birgalikda JavaScript veb-dasturlarning uch asosiy texnologiyalaridan biri hisoblanadi.

JS qanday ishlaydi?

JavaScript veb-brauzerlarda ishlaydi. Brauzer JavaScript dvigateli orqali JS kodini bajaradi. JavaScript-ni HTML-ga bog’lash uchun

<script> tegidan foydalaniladi.

<!doctype html>
<html>
  <head>
    <title>My First JS</title>
  </head>
  <body>
    <h1>Hello, World!</h1>
    <script>
      console.log("Hello, World!");
    </script>
  </body>
</html>

alert(), prompt(), confirm(), document.write(), textContent(), innerHTML, Template Literal

  • alert(): Oddiy xabar oynasini ko’rsatadi.
  • prompt(): Foydalanuvchidan ma’lumot kiritishni so’raydi.
  • confirm(): Foydalanuvchidan tasdiqlashni so’raydi.
  • document.write(): HTML hujjatiga matn yozadi.
  • textContent(): Elementning matn mazmunini olish yoki o’zgartirish uchun ishlatiladi.
  • innerHTML: Elementning ichki HTML tarkibini olish yoki o’zgartirish uchun ishlatiladi.
  • Template Literal: Qo’shimcha ma’lumotlarni birlashtirish uchun backtick ( ` ` ) belgilaridan foydalaniladi.
let name = "John";
console.log(`Hello, ${name}!`);

Variables - var, let, const

  • var: O’zgaruvchi e’lon qilishning eski usuli. Uning bloki cheklovi yo’q.
  • let: Zamonaviy usul. Blok chekloviga ega.
  • const: O’zgarmas o’zgaruvchi yaratadi. O’zgaruvchi qayta belgilanishi mumkin emas.

”use strict”

Kod qat’iy rejimda bajarilishi uchun ishlatiladi. Bu ko’plab xatolarga yo’l qo’ymaslikda yordam beradi.

"use strict";
x = 3.14; // Xatolik, o'zgaruvchi e'lon qilinmagan

Data Types

Primitive Types:
  • number: Raqamlar.
  • bigInt: Juda katta raqamlar.
  • string: Matn holatidagi ma’lumotlar.
  • boolean: True yoki false qiymatlar.
  • null: Bo’sh yoki mavjud bo’lmagan qiymat.
  • undefined: Qiymat belgilanmagan.
  • symbols: Unikal identifikatorlar.
NonPrimitive Types:
  • objects: key-value juftliklari ko’rinishidagi ma’lumotlar.
  • arrays: Bir necha ma’lumotni bir joyga to’plab saqlaydigan struktura.
  • functions: Ma’lum bir vazifani bajaradigan kodlar to’plami.

null vs undefined

  • null: Qo’l bilan qiymat sifatida “bo’sh” deb belgilangan.
  • undefined: O’zgaruvchiga qiymat berilmagan.

Matematik Operatorlar

  • +: Qo’shish
  • -: Ayirish
  • *: Ko’paytirish
  • /: Bo’lish
  • %: Qoldiq
  • **: Darajaga ko’tarish

Bizni tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin va maqola foydali bo’lsa izoh va JavaScriptni o’rganmochi bo’lgan do’stlaringizga ulashing. 🫡

🔗 https://t.me/mukhriddinweb

javascript

    Ulashish: