Nov 13, 2024
css
BEM (Block, Element, Modifier)
BEM (Block, Element, Modifier) metodologiyasi — veb-sahifalardagi HTML va CSS kodlarini tartibli, qulay boshqariladigan va qayta ishlatishga moslashtirishga yordam beruvchi metodologiya. Uni Yandex kompaniyasi ishlab chiqqan. BEM asosiy 3 komponent orqali tashkil topgan:

Blok - mustaqil komponent, o’zining aniq funksiyasini bajaradi va boshqa bloklardan butunlay ajratilgan bo’ladi. Masalan,
menu,header,footerkabi bloklar. BEM’da blok nomi element yoki modifikator bilan birikmaguncha mustaqil holda ishlatiladi.

Element - blokning bir qismi bo’lib, blokdan tashqarida mustaqil ishlay olmaydi. Element blokning ba’zi qismlarini ifodalaydi va u bilan bog’langan holda ishlatiladi. Element nomi blok nomiga **(ikki pastki chiziq) bilan birikadi. Masalan,
menu**itemyokiheader__logo.

Item 1

Item 2

Modifikator - blok yoki elementning ko’rinishini yoki xususiyatlarini o’zgartiradi. Modifikator nomi blok yoki element nomiga _ (bir pastki chiziq) bilan birikadi. Masalan,
menu__item_activeyokibutton_large.

Item 1

Item 2

BEM metodologiyasining afzalliklari:
- Modulli tuzilma: BEM orqali yozilgan kodlar osonroq qayta ishlatilishi va boshqarilishi mumkin.
- Kodlarni o’qish qulayligi: Har bir sinf nomi o’zining o’rnini va vazifasini aniq ifodalaydi.
- Katta loyihalarda moslashuvchanlik: Komponentlarni boshqarish osonroq bo’ladi va ularda o’zgarish qilish soddalashadi.
Keling, Card komponentini BEM metodologiyasi yordamida yaratamiz.
Card komponentining tuzilishi

Blok:
card- asosiy blok. -
Elementlar:
card__header- kartaning sarlavha qismi.card__image- kartaning rasm qismi.card__content- kartaning matn qismi.card__footer- kartaning pastki qismi.

Modifikatorlar:
card_theme_dark- qora fonli karta varianti.card__header_large- katta sarlavhali karta varianti.
HTML va CSS Misol
HTML:

Karta sarlavhasi

Karta kontenti yoki tavsifi.

Qo'shimcha ma'lumot

CSS:
/* Asosiy Card bloki */
.card {
border: 1px solid #ddd;
border-radius: 8px;
padding: 16px;
background-color: #fff;

/* Card'ning dark modifikatori */
.card_theme_dark {
background-color: #333;
color: #fff;

/* Card sarlavhasi */
.card__header {
font-size: 18px;
font-weight: bold;
margin-bottom: 8px;

/* Katta sarlavhali modifikator */
.card__header_large {
font-size: 24px;

/* Card rasm qismi */
.card__image img {
width: 100%;
height: auto;
border-radius: 8px;
margin-bottom: 8px;

/* Card kontent qismi */
.card__content {
font-size: 16px;
color: #555;
margin-bottom: 8px;

/* Card pastki qismi */
.card__footer {
font-size: 14px;
color: #999;
text-align: right;

Demak:
cardasosiy blok bo’lib, uning barcha elementlari (card__header,card__image,card__content,card__footer) unga bog’liq holda ishlaydi.card_theme_darkmodifikatori kartaning umumiy fon rangini o’zgartiradi.card__header_largemodifikatori esa sarlavhani kattalashtiradi.
BEM metodologiyasidan foydalangan holda, kartani tartibli va qulay boshqariladigan tuzilishda yaratdik. Har bir sinf nomi o’zining rolini aniq ifodalaydi, bu esa loyihani kengaytirishni va boshqarishni osonlashtiradi.
Batafsil BEM haqida : https://getbem.com
CSS
HTML
frontend
BEM
Ulashish: